01:12 / 04.05.2016
14355

Tarmoqlarda  iPhone 7 akkumulyatori hususiyati haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Yangi iPhone 7 avvalgi model - iPhone 6s’ga nisbatan  kuchliroq akkumulyatorga ega bo‘lishi dargumon. Bu haqida UberGizmo xabar beradi.

Nashrning xabarlariga ko‘ra, yangi smartfon smartfonlar - 1735 mAch, iPhone 7 Plus esa 2810 mAch kuchga ega batareyalar bilan jihozlanishi mumkin. iPhone 6S va iPhone 6S Plus  akkumulyatorlari quvvati bilan solishtirilganida bu sezilarli darajadagi qo‘shilish emas. Ayni damda  iPhone 6S va iPhone 6S Plus  modellarida akkumulyator quvvati 1715 va 2750 mAchni tashkil etadi.

Nashr qayd etishicha, qurilmaning kutilayotgan ehtiyojlari hisobga olinadigan bo‘lsa, yangi smartfonlarning ishlash muddati avvalgilariga nisbatan solishtirilganida deyarli oshmaydi. 
 

Mavzuga oid
Top