20:11 / 04.05.2016
4060

Texasda noma'lum shaxs maktab oldida o‘t ochib 2 kishini o‘ldirdi

AQShning Texas shtati, Keyti shahridagi ikki maktab ro‘parasida noma'lum shaxs o‘tochar quroldan o‘q uzib otishma keltirib chiqardi. Bu haqda NBC xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu hodisa tufayli 2 kishi halok bo‘lgan.

Guvohlar uzluksiz o‘t ochilgani haqida aytishgan. Hozircha bu hodisa tufayli necha kishi jarohatlangani haqida ma'lumot yo‘q.

Ayni vaqtda o‘t ochgan shaxsni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top