22:10 / 04.05.2016
12960

O‘zbekiston 2016 yilning 1-choragida meva va sabzavot eksporti hajmini 20 foizga oshirdi

2016 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston meva va sabzavot eksporti hajmini 95,1 ming tonnaga yetkazdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi hisobotida keltirilgan.

"Meva-sabzavotlarni saqlash bo‘yicha moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida 10,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 16 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi.  Natijada shu yilning birinchi choragida 53,1 ming tonna sabzavot (2015 yilning shu davriga nisbatan 110,6 foiz) yetishtirildi. Yil boshidan buyon 95,1 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi", deyiladi hisobotda.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 25-26 aprel kunlarida Rossiyaga tashrifi davomida Vladimir Putin bilan muzokaralarda qio‘loq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish hajmini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqqandi. Rossiya tomoni ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 10 foizga o‘sgan. Uchrashuv davomida Islom Karimov O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot yetkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa olishini ta'kidlagan.

Mavzuga oid
Top