15:40 / 05.05.2016
5762

6 may ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetadi. Kechasi 14-16, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-17,  kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent,  Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Top