12:26 / 05.05.2016
8131

Amerikalik harbiy Obamani sudga berdi

Amerikalik harbiy AQSh prezidenti Barak Obama ustidan sudga shikoyat qildi. Natan Maykl Smit prezidentning IShID terroristik guruhiga qarshi yuritayotgan siyosatining qonuniyligi masalasini ko‘rib chiqishni so‘ragan. Bu haqda The New York Times xabar berdi. 

Obama 11 sentabr teraktlaridan so‘ng kongress tomonidan tasdiqlangan “Al-Qoida” terroristik tashkilotiga qarshi kurashish hujjati asosida jangarilarni yo‘q qilish kampaniyasini yurgizishga haqli ekanini ma'lum qilgan. Biroq ko‘pchilik, ular qatorida Smit ham, AQSh prezidentining Suriya hamda Iroqda olib borayotgan siyosati ushbu hujjat chegaralaridan chiqqan deb hisoblaydi. 

“Suddan harbiy vakolatlar rezolyutsiyasi bo‘yicha, prezident Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurashish uchun u kongressdan tegishli vakolatni olishi zarurligini Obamaga eslatib qo‘yishni so‘rayman”, - deyiladi harbiy xizmatchining murojaatida.

Top