15:40 / 05.05.2016
2613

App Store'dan «VKontakte», Instagram va Google Maps ilovalari g‘oyib bo‘ldi

App Store'dan bir qator ilovalar yo‘qoldi. Xususan, hozirda qidiruv orqali Aviasales, Instagram, Vkontakte, «Odnoklassniki», Spotify, Gmail, Google Maps, MapsME ilovalarini topishning imkoni yo‘q. 

Masalan, «VKontakte»ning rasmiy ilovasini qidirsangiz, App Store bu ijtimoiy tarmoq bilan ishlaydigan, ammo rasmiy ishlab chiqaruvchilarga aloqasi bo‘lmagan servislarni taklif etadi. Shunga qaramay, "Top-chartlar" bo‘limida ilova 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Taxmin qilinishicha, ba'zi ilovalargina yo‘q bo‘lib qolgan, chunki boshqa tarmoqlar, masalan, Facebook'ni bemalol o‘rnatish mumkin.

Top