01:39 / 05.05.2016
12491

YeChL. "Real"ning "Manchester Siti" ustidan g‘alabasi yoxud Milanda "ispancha" final

Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida "Real" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Siti" futbolchilarini qabul qildi.

Dastlabki o‘yinda hisob ochilmagani uchun jamoalar bahs boshida ehtiyotkor harakat qilishi kutilgandi. Shunday bo‘ldi ham. Tanaffusga qadar "Real"da golga tortadigan bitta imkoniyat bo‘ldi va ular bundan foydalanishdi. Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichidagi Beylga uzatma berdi. Garet o‘ng oyoqda uzatma berayotganida to‘p Fernandoning oyog‘idan rekoshet holatida Jo Xartning ustidan oshib o‘tib, olis ustunga tekkancha, to‘rga borib tushdi!

Birinchi bo‘limda Keylor Navas qo‘riqlagan darvoza ustuni esa mezbonlar foydasiga ishladi. Taym tugashi arafasida Fernandino jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi. 

Ikkinchi bo‘limda esa to‘p nazorati va vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik Zidan shogirdlari tomonida bo‘ldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berganidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi.

O‘yin so‘ngida "Siti" bosim uyushtirishga harakat qildi, ammo ular raqib mudofaasini yorib o‘tishga ojizlik qilishdi.

Final 28 may kuni Milan shahrida o‘tkaziladi.

Bu jamoalar 2014 yildagi finalda ham o‘zaro duch kelishgandi. O‘shanda "Real" "Atletiko"ni qo‘shimcha taymlarda 4:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqandi.

YeChL.1/2 final. Javob uchrashuvi. Birinchi o‘yin - 0:0

"Real" – "Manchester Siti" – 1:0
Gol:
avtogol Fernando 20.
Ogohlantirishlar: De Bryuyne 30, Fernando 71, Vaskes 83, Otamendi 90.

"Real": Keylor Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo, Kroos, Modrich ( Kovachich 88), Isko ( Xemes 67), Xese (Vaskes 56), Beyl, Ronaldu.

"Manchester Siti": Xart, Klishi, Otamendi, Kompani ( Mangala 10), Sanya, Fernandino, Fernando, De Bryuyne, Yahyo Ture ( Sterling 61), Xesus Navas (Ixeanacho 69), Aguero.

Top