11:04 / 05.05.2016
3815

Kerri Ukraina avvalgidek Rossiya gaziga muhtoj emas deb hisoblaydi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Ukraina ortda qolgan qishdan beri Rossiya gaziga avvalgidek qaram emas, deb hisoblaydi. Davlat departamenti rahbari 4 may kuni YeIning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha raisi Federiko Mogerini bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan oldin shunday fikr bildirdi. 

"Biz Ukrainaning Rossiya gaziga muhtojligini kamaytirishga yordam berdik. Ilk marotaba o‘tgan qishda Ukraina Rossiyadan ko‘ra ko‘proq Yevropadan gaz oldi", - dedi Kerri. 

Kerrining ta'kidlashicha, bu "hamkorlikdagi strategiya" tufayli ro‘y berdi. 

"Ukrtransgaz" kompaniyasi prezidenti Igor Prokopiv Ukraina reversiv jo‘natish orqali (harakat yo‘nalishini teskari haydash) Rossiya gazini qabul qilayotganini tan oldi.

"Juda yaxshi tushunib turibmizki, revers - Yevropaga kerak bo‘lmagan Rossiya gazi va u Ukrainaga Yevropa narxlarida qaytmoqda", - dedi Prokopiv. 

O‘tgan yilning dekabrida mamlakatning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk "Rossiya gaziga giyohvandlarcha qaramlik"ka nuqta qo‘yilgani hamda 10 yildan so‘ng mamlakatning o‘zi gaz eksport qilishini ta'kidlagan.

Top