18:07 / 05.05.2016
3245

Kiyevda G‘alaba bayroqlaridan foydalanish man etildi

Kiyevda 8 va 9 may kunlari tantanali marosimlar paytida G‘alaba bayrog‘idan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Ukraina milliy xotira instituti matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

“G‘alaba yalovida o‘roq va bolg‘aning kesishgani hamda besh qirrali yulduz tasvirlangan. Ular kommunistik totalitar tuzum timsollari hisoblanadi. Shuni inobatga olib, uni targ‘ib qilish va oshkora foydalanish, jumladan har qanday davlat bayramlarda G‘alaba bayrog‘ining har qanday ko‘rinishlaridan foydalanish kommunistik totalitar rejimni targ‘ib qilish hisoblanadi va qonun bilan taqiqlanadi”, - deyildi matbuot xizmati bayonotida. 

8 may – Ukrainada 1939-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushi qurbonlari yodi sharafiga xotira kuni sifatida nishonladi.

Top