19:25 / 05.05.2016
17486

Qozog‘iston prezidenti mamlakat iqtisodiyot vazirini o‘z vazifasidan ozod etdi

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Yerbolat Dosayev iste'foga chiqdi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bu voqea 5 may kuni mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etgan kengaytirilgan yig‘ilishda sodir bo‘lgan.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Kairbek Uskenbayev ham o‘z vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljan Mamitbekov ham iste'foga chiqqan.

Mavzuga oid
Top