14:43 / 05.05.2016
11714

London merligi uchun saylov bo‘lib o‘tmoqda

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00da) shahar meri va London assambleyasi uchun saylovlar boshlanib, saylov uchastkalar ochildi.

Saylovdagi asosiy kurash London merligi uchun kechishi kutilmoqda. Nomzodlar orasida leyboristlar partiyasi vakili, sobiq transport vaziri Sodiq Xon hamda konservatorlar vakili, YeIga ishonchsizlik bilan qarovchi guruh tarafdori, hozirgi merning izdoshi Zak Goldsmit yaqqol ajralib turibdi.

Saylovlar shaharning 32ta tumanida, London Sitida, shuningdek, Londonda istiqomat qiluvchi Yevropa Ittifoqi a'zolari hamda Britaniya Hamdo‘stligi mamlakatlarining fuqarolari uchun tashkil etiladigan saylov uchastkalarida o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etishi uchun 6 million nafardan ortiq kishi ro‘yxatga olingan. Ovoz berishlar kun oxirigacha, mahalliy vaqt bilan kechki soat 22:00gacha davom etadi. Saylov natijalarini hisoblash ishlari 6 may kuni ertalab soat 08:00da boshlalandi. Shu kuni kechasi natijalar e'lon qilinadi.

Londonliklar bugun merdan tashqari shahar assambleyasi uchun 25 vakilni saylashlari kerak bo‘ladi. Bugun Shotlandiya, Uels hamda Shimoliy Irlandiya parlamentlari uchun hamda boshqa mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top