11:43 / 05.05.2016
4050

Londondagi auksionda 70 mln dollarga 1190 karatli olmos qo‘yildi

Dunyodagi eng yirik olmoslardan biri - 1190 karatli olmos 29 iyun kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Auktsion uyi tennis to‘piga teng hajmdagi Lesedi la Rona ("Bizning yog‘dumiz")  deb nomlangan sayqallanmagan tosh uchun 70 million dollar olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida  Sotheby's savdo uyi ma'lum qilgan.

"U hajm va sifat jihatidan a'lo darajada. Shu paytgacha ochiq savdoga qo‘yilgan olmoslarning hech biri Lesedi la Rona'ga teng kelolmaydi", - dedi Sotheby's qimmatbaho toshlar va zargarlik taqinchoqlari bo‘limi rahbari Devid Bennett.

Olmos 2015 yilning noyabrida Botsvanadagi Lucapa Diamond kompaniyasi tomonidan topilgan. Uning yoshi - uch milliard yildan ortiq. 

Yaqinda bu kompaniya uzunligi 7 santimetr bo‘lgan 404,2 karatli olmosni topdi. Vazniga ko‘ra, u dunyoda 27-o‘rinni egallaydi, uning bahosi deyarli 20 million dollarga teng deyilmoqda. Ushbu olmos Angolada topilgan eng yirik olmos hisoblanadi. Bundan oldin topilgan eng yirik olmos "Angola yulduzi" 217,4 karat  vaznga ega bo‘lgan, u 2007 yilda topilgan. Dunyodagi eng katta olmos - 3106 karatli (621 gramm) mashhur "Kullinanu" olmosi hisoblanadi, u 1905 yilda Janubiy Afrikada qazib chiqarilgan. Undan tayyorlangan brilliantlar Buyuk Britaniya monarxlari tojini bezab turadi.

Top