07:30 / 05.05.2016
3032

Nigeriya hukumati neft to‘kilishi uchun Shell kompaniyasidan 6 mlrd yevro undirmoqchi

Nigeriya hukumati sud orqali Royal Dutch Shell ingliz-irland kompaniyasidan 2011 yilda neft to‘kilishi uchun  6 mlrd yevro undirmoqchi. Bu haqda Financieele Dagblad nashriga iqtibos keltirgan holda RNS xabar bermoqda.

Nigeriyada hisoblanishicha, neft to‘kilishi hududning ekologiyasi va iqtisodiyotiga katta ziyon yetkazgan. Shu sababli mamlakat mahalliy aholiga yetkazilgan ziyon uchun 884 mlrd nigeriya nayri (3,9 mlrd yevro), neft to‘kilishidan zarar ko‘rilgan hududlarni tozalash uchun 495 mlrd nigeriya nayri (2,2 mlrd yevro) va sud xarajatlari uchun 50 mln nigeriya nayri (218 ming yevro) tovon puli undirmoqchi.

Bundan tashqari, Nigeriyadagi ikkita qabila ham kompaniya ustidan sudga shikoyat arizasi topshirgan.

Top