09:54 / 05.05.2016
6056

Obama rafiqasi bilan birga "Yulduzlar janglari" filmidagi shturmchilar bilan raqs tushdi

Oq uy ma'muriyati AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama "Yulduzlar janglari" filmidagi qahramonlar – R2-D2 roboti va imperiya shturmchilari qurshovida raqsga tushayotganlari aks etgan videokadrlarni chop etdi. Ushbu videoyozuv film muxlislari tomonidan "Yulduzlar janglari" kuni sifatida nishonlanadigan 4 may kuni uchun ataylab chiqarildi.
  
Fantastik film qahramonlari Oq uyda birinchi marta paydo bo‘lishmayapti. O‘tgan yil dekabrida ular prezidentga matbuot-anjuman vaqtida hamrohlik qilishgan. Obama shu tadbirdan keyin filmning yangi qismi – "Yulduzlar janglari: kuchning uyg‘onishi"ning premerasiga yo‘l olgandi.

Top