16:17 / 05.05.2016
2582

Homsda 2 karra terakt amalga oshirilishi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi

IShID terrorchilari 5 may kuni Suriyaning Homs shahridan sharq tomonda, 45 kilometr masofada joylashgan Al-Muhrim al-Favqaniy shahridagi safarbarlik punkti yaqinida minalashtirilgan mashinani portlatib yuborishdi. Bu haqida SANA agentligi xabar berdi.

Provintsiya gubernatori Talal al-Barroziyning ma'lum qilishicha, mashina portlatilgandan keyin maydonga ikkinchi terrorchi mototsiklda kirib keldi. U yana bir portlashni sodir etdi. 

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, "bu ikki terakt qurbonlari soni o‘sib bormoqda".

"Hozirga qadar 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan hamda 40 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan", - deya ta'kidladi Barroziy. 

Agentlikning xabariga ko‘ra, IShID jangchilari Homs yaqinidagi tinch aholi punktlariga muntazam ravishda hujum qiladi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Top