17:26 / 05.05.2016
3057

«Real» «Tottenhem» yarim himoyachisi Allini transfer qilishni ko‘zlamoqda

Madridning «Real» jamoasi murabbiylar shtabi Londonning «Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Dele Alliga jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Tutto Mercato nashri xabariga ko‘ra, ingliz klubi o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni istamaydi. 

Lekin bu futbolchi uchun qiziqishlar faqatgina «Qirollik klubi»dan emas.

«Tottenhem» rahbariyati Alli ko‘rastayotgan o‘yinlardan mamnun va u keyingi mavsumda ham jamoa uchun ko‘p foyda keltirishiga ishonch bildirilmoqda.

20 yoshli Alli joriy mavsumda APLning 33ta uchrashuvida maydonga tushgan va shulardan 10tasini asosiy tarkibda boshlab, 10ta gol urgan hamda 9ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, bundan avval «Tottenhem» «Real»ga 2 marta o‘z yetakchi futbolchilarini transfer qilgan, 2013 yilda Luka Modrich, 2014 yilda esa Garet Beyl madridliklar safiga borib qo‘shilgandi.

Mavzuga oid
Top