17:14 / 05.05.2016
4972

Tunislik geymerlar sigir yutib oldi

Tunisda mahalliy tadqiqotchilar ishlab chiqqan o‘yin musobaqasida ishtiroq etgan juftlik sigir yutib oldi. Bu haqda “Bi-bi-si” xabar bergan.

Pamela laqabli sigir g‘oliblarga taqdim etilishidan avval ikki hafta davomida o‘yin tashkilotchilarining ofisida yashadi. 

Bagra (“sigir” ma'nosini bildiradi) nomli o‘yinda ishtirokchilar podada iloji boricha ko‘proq sigirlarni saqlash va ularni boshqa qatnashchilar o‘g‘irlab ketmasligini kuzatish uchun maksimal ballar yig‘ish kerak edi. 

Boshqa ishtirokchilar musobaqada telefonlar va planshetlar yutib olgan. Bundan tashqari, o‘yinchilarning biriga Brijit laqabli sigir nasib qilgan.

Top