09:34 / 05.05.2016
7731

Jon Keysik prezidentlik poygasini tark etgani haqida rasman e'lon qildi

Ohayo shtati gubernatori Jon Keysik AQSh prezidentligi uchun saylovlarni tark etgani haqida rasman ma'lum qildi. Endilikda, respublikachilar o‘rtasida Trampning raqobatchilari qolmadi.

Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan bu siyosatchi o‘z ishtirokini to‘xtatishi haqida Ohayodagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida ma'lum qilgan va bu uchrashuv CBS News orqali translyatsiya qilingan. 

Bundan oldinroq, Keysikning maslahatchisi gubernatorning saylovni tark etish niyati haqida ma'lum qilgandi.

Indianadagi praymerizlar natijalariga ko‘ra, respublikachilar orasida Donald Tramp eng ko‘p ovoz olgandi. 3 may kuni Texas shtatidan bo‘lgan senator Ted Kruz poygadagi ishtirokini to‘xtatishi haqida e'lon qildi.

Demokratik partiyadan esa hozircha Vermont shtati senatori Berni Sanders va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton kurashni davom ettirmoqda. AQSh Sobiq davlat kotibi o‘z partiyadoshi Berni Sandersni ortda qoldirmoqda (2220ga qarshi 1449 delegat).

Top