10:36 / 06.05.2016
2459

BMT: Yevropa Ittifoqi hududidagi 400 ming nafardan ziyod bolaning huquqiy maqomi yo‘q

Yevropa Ittifoqidan boshpana so‘rab, ariza topshirgan 400 mingdan ziyod bola huquqiy maqomga ega emas. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning bolalar fondi (YUNISEF) Yevropa mamlakatlarini qochqin va muhojirlar, ayniqsa, ular orasidagi voyana yetmaganlarga boshpana berishning yangi tartib-qoidalarini ishlab chiqishga chaqirdi.

"YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning yanvaridan noyabriga qadar Yevropa mamlakatlaridan boshpana so‘ragan 400 ming nafardan ziyod bola ayni damda huquqiy vakuum ostida qolmoqa", - dedi Dyujarrik. U YUNISEF nomidan YeIga murojaat qilar ekan, “o‘z vaqtida kerakli qarorlarni chiqarishga, bolalarni xatarli vaziyatlardan asrashga, Ittifoq davlatlari orasida tezkor ma'lumot almashishni yo‘lga qo‘yishga” chaqirdi.

Mavjud qonunlarga ko‘ra, bolaning YeI hududida bo‘lishidan uning arizasi o‘rganilgunga qadar bo‘lgan oradan 11 oycha vaqt o‘tmoqda. Bu uzoq muddatli jarayon bolani ota-onasi va yoki oilasi bilan birga bo‘lishiga halaqit qilmoqda, uning hayotini xatarga qo‘ymoqda.

Top