20:07 / 06.05.2016
11000

Yerning eng chuqur joyidan onlayn-translyatsiya boshlandi

AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi Marianna chuqurligi (Yerning eng chuqur joyi)da kechayotgan voqealarni onlayn tarzda namoyish eta boshladi. Videolavhalar boshqarma sayti hamda YouTube’dagi sahifa orqali efirga uzatilmoqda, deb xabar qilmoqda The Guardian gazetasi.

Tinch okeanidagi Marianna chuqurligi salkam 11 km (10994 metr +/-40 metr)ni tashkil etadi, bu raqam dengiz sathidan baland bo‘lgan Everest (8848 metr) cho‘qqisidan ham baland deganidir. 2016 yil aprel oyi oxiridan boshlab Okeanos Explorer ilmiy-tadqiqot kemasi ushbu chuqurlikda izlanishlarni olib bormoqda. 

Lavhalarni okeanshunos mutaxassislar izohlab borishmoqda. Ularning ayrimlari Okeanos Explorer bortida bo‘lishsa, boshqalari sohilbo‘yida qolishgan. 

Masalan, namoyishning 20 daqiqalarida olimlar dengiz yulduzi, o‘zgacha jilodagi dengiz bodringi, ikkita dengiz gubkasi va boshqa suv hayvonlariga duch kelishgan.
Okeanos Explorer kemasi katta chuqurlikka tushuvchi qurilmalari yordamida olingan suratlar, lavhalar boshqarma saytiga joylanmoqda.

Top