07:22 / 06.05.2016
2823

Frankfurt-Maynda noma'lum erkak odamlarga o‘q uzdi

Frankfurt-Mayn markazida noma'lum erkak odamlarga o‘q uzib, voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi, deb yozmoqda Bild nashri.

Otishma oqibatida 3 kishi yaralandi.

Ma'lum qilinishicha, erkak harakatlanayotgan avtomobildan shahar markazidagi Bar Celona bari yaqinida otishma sodir etgan. Ta'kidlanishicha, bu bar yonida politsiya bo‘limi joylashgan.

Politsiya xodimlari voqea joyini to‘sib olishdi hamda jinoyatchini "issig‘ida" ushlashga harakat qilib ko‘rishdi, biroq bu natija bermadi.

Ayni vaqtda jinoyatchini izlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Top