20:31 / 06.05.2016
5773

Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini mahalliylashtirish mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Toshkentda “Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida importni qisqartirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish strategiyasi” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etildi.

2000 yildan beri hayotga tatbiq etib kelinayotgan mahalliylashtirish dasturlari samarasida mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi 220 barobardan oshgan. 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilning birinchi choragida 534 loyiha amalga oshirilib, qiymati 981,3 milliard so‘mlik yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mahsulot ishlab chiqarilgan.

2015 yilda o‘tkazilgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi yakuniga ko‘ra, joriy yilda avval import qilingan 2,1 trillion so‘mlik tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Bu 2016 yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida import hajmi 637,5 million dollarga qisqarishini ta'minlaydi.

2015 yilda kir yuvish mashinalari, energiya tejovchi lampalar, kosmetika vositalari singari 52 turdagi yangi mahsulot eksport qilingan.

Top