09:12 / 06.05.2016
6549

Internetda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd videosi ommalashmoqda

Internetda Xitoyning Datun i Sian shaharlari orasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd 275 km/soat bilan ketayotgani videosi ommalashmoqda. Poyezd mashinisti kabinasidan olingan videoda ko‘rinishicha, tarkib katta tezlikda ketayotgan bo‘lsa-da, mashinist kabinasida hayratlanarli darajada osoyishtalik va xotirjamlik hukm surayotganini ko‘rish mumkin.

"Populyarnaya mexanika" nashrining ma'lum qilishicha, Xitoydagi yuqori tezlikdagi temir yo‘llarning umumiy uzunligi 16 ming kilometrni tashkil qiladi hamda Yaponiya va Yevropadagi bunday temir yo‘llarning birgalikdagi umumiy uzunligidan oshadi. Dunyodagi eng yirik bu temir yo‘l 350 km/soatdagi maksimal tezlik bilan harakatlanish mumkin bo‘lgan qismlarni o‘z ichiga oladi.

Top