23:40 / 06.05.2016
24241

Olimlar miya saratoni va mobil telefonlar o‘rtasida bog‘liqlik borligi haqidagi taxminni yo‘qqa chiqarishdi

Avstraliyalik olimlar mobil telefonlar va miya saratoni o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini o‘rnatdilar. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Avstraliyada birinchi mobil telefonlar 1987 yilda paydo bo‘lgan, 1993 yilda esa ulardan 9 foiz avstraliyalik foydalanardi. Ayni vaqtda bu raqam 90 foizni tashkil qiladi. Mutaxassislar oxirgi 29 yil ichidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, aholi o‘rtasida mobil telefonlar soni oshishi miya saratoni aniqlanishi holatlarining oshishiga olib kelmaganini o‘rnatishgan.

Miya saratoni holatlari sezilarli ravishda 1982 yilda o‘sgani, u asosan 70 yoshdan kattalarda qayd qilinganini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Unda esa mobil telefonlar hali umuman muomalada bo‘lmagan.

Avvalroq ma'lum uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlari bosh miyada melatonin moddasi ishlab chiqarilishini bosishi ma'lum bo‘lgandi, bu esa uyqu oldidan mobil telefon, smartfon yoki planshetning ishlatilishi uyqusizlikning vujudga kelishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi.

Top