00:12 / 07.05.2016
11832

Yaponiya bosh vaziri Abe Putinga yapon nasroniy ruhoniysi kitobi va binokl sovg‘a qildi

6 mayda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiyaga norasmiy tashrif bilan keldi. Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvdan keyin Moskvaga Kuril orollari muammosini hal qilish bo‘yicha yangi yondashuvni taklif qilganini va Rossiya bu taklifni qabul qilganini aytdi.

Putin muzokaralar oldidan ikki davlat o‘rtasida alohida e'tiborga molik masalalar borligini aytdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov urashuvdan keyin Rossiya va Yaponiya yetakchilari tinchlik kelishuvi muammosi, BMT Xavfsizlik kengashidagi o‘zaro harakatlar va terrorchilikka qarshi kurash masalasini muhokama qilishganini aytdi. Uchrashuv vaqtida iqtisodiy sanksiyalar mavzusiga to‘xtalmagan.   

Lavrovning aytishicha, Putin va Abe sovg‘alar almashishgan. Putin Abega rassom Keyg Kavaxarning yapon florasiga bag‘ishlangan suratlari nusxasini sovg‘a qildi. Abe esa Putinga Avliyo Nikolay pravoslav cherkovining yapon ruhoniysi kitobi va binokl tuhfa  qildi.

Top