10:48 / 07.05.2016
12725

Polyak gugurt cho‘plaridan diqqatga sazovor joylarning aniq nusxalarini yaratmoqda

Polshalik sobiq konchi Yanush Urbanskiy o‘zining azaliy orzusi – gugurt cho‘plari va yelimdangina foydalanib, buyumlar, binolar va dunyodagi mashhur diqqatga sazovor joylarning aniq nusxalarini yaratishni ro‘yobga chiqarmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Urbanskiy bu mashg‘ulot bilan Ruda-Slensk shahridagi uyida shug‘ullanadi.

Polyak o‘z "san'at asarlarini" yaratish uchun o‘n minglab gugurt cho‘plaridan foydalangan.

U yaratgan buyumlar orasida San-Frantsiskodagi Oltin darvozalar ko‘prigi, uning ona shahridagi Avliyo Ruh cherkovi, Zabjye shahridagi futbol stadioni, shaxtalar, kemalar, avtomobillar, gitara, shaxmat donalari va taxtasi hamda boshqa buyumlarning nusxalarini uchratish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Top