16:52 / 07.05.2016
4162

"O‘zbekiston havo yo‘llari" 14 iyundan Toshkent - Voronej reysini amalga oshirishni boshlaydi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 14 iyundan Toshkent - Voronej yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni yo‘lga qo‘yadi. 
Reys haftada bir marta - har seshanba kuni amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishda A320 aerobuslari xizmat qiladi. 

70-yillarda Voronej aeroportidan haftada uch marta Toshkentga 100 kishilik sig‘imdagi samolyotlar qatnardi.

Top