12:11 / 08.05.2016
4147

Afg‘onistonda ikki nafar NATO harbiysini o‘ldirib ketishdi

Ikki nafar jangari afg‘on harbiylarining kiyimini kiyib olib, NATO askarlariga yaqinlashishadi va ularga qarat o‘t ochadi. Otishma natijasida NATOning ikki harbiysi halok bo‘ladi, jangarilar yo‘q qilinadi. Bu haqda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, NATOning halok bo‘lgan harbiylarining har ikki ham ruminiyaliklar bo‘lgan. Mamlakat mudofaa vazirliging xabar berishicha, yana bir ruminiyalik askar yaralangan va u Germaniyadagi shifoxonaga yuborilgan. Voqea afg‘on politsiyasiga harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Top