20:06 / 08.05.2016
5376

Angliya chempionati, 37-tur: "Tottenxem" o‘z maydonida "Sautgempton"ga yutqazdi

Angliya chempionatining 37-turida "Tottenxem" klubi "Sautgempton"ni qabul qildi. Uchrashuv londonliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi 1-golni 16-daqiqada mezbonlar futbolchisi Son Xyun Min kiritdi. Shundan 15 daqiqa o‘tib mehmon jamoa futbolchisi Stiven Devis hisobni tenglashtirdi va 72-daqiqada yana bitta gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

"Tottenxem" 70 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Agar "Arsenal" "Manchester Siti"ni yuta olsa, ochkolar bo‘yicha Maurisio Pochettinoning jamoasi bilan tenglashadi. Biroq "Tottenxem"da "Arsenal"ga qaraganda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plarning farqi ancha yaxshiroq (+25 taga qarshi +38 ta). Ochkolar teng bo‘lganda aynan shu ko‘rsatkich birinchi bo‘lib hisobga olinadi. 

"Avliyolar" g‘alaba evaziga 60 ochko to‘plab, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldilar, bu esa ularga Yevropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini beradi.  

Angliya Premer-ligasi. 37-tur
Tottenxem Xotspur – Sautgempton – 1:2
Gollar:
Min, 16 (1:0); Devis, 31 (1:1); Devis, 72 (1:2).

Top