17:56 / 09.05.2016
4331

Avstriya kansleri iste'foga chiqdi

Avstriya kansleri Verner Fayman o‘z lavozimidan iste'foga chiqdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

U koalitsion hukumat rahbarligi hamda Avstriya Sotsial-demokratik partiya rahbarligidan ham iste'fo bergan.

Fayman mamlakatda qochqinlarni qabul qilish siyosatida o‘ta qattiqqo‘lligi bilan ommaning noroziligiga uchragan. Avvalroq u boshchiligidagi Avstriya hukumati Italiya bilan chegarada 400 metr uzunlikdagi to‘siq o‘rnatishni rejalashtirgani ma'lum bo‘lgandi.

O‘tgan haftada, 1 may kungi mitinglar vaqtida ishtirokchilar Faymanga qarshi hushtakbozliklar qilishgandi.

Fayman matbuot anjumanida o‘z partiyasi vakillarining to‘la qo‘llab-quvvatlashini his qilmagani uchun shu qarorga kelgani haqida ma'lum qilgan.

So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, Sotsial-demokratlar va ularning ittifoqchilari 2018 yilgacha bo‘lib o‘tadigan umumxalq saylovlarida "Avstriya Ozodlik partiyasi"dan yengilishi taxmin qilingan.

Top