22:25 / 09.05.2016
26020

London meri Tramp AQShga prezident bo‘lsa, e'tiqodi tufayli bu mamlakatga bormasligini bildirdi

London tarixidagi birinchi musulmon mer Sodiq Xon AQShga Donald Tramp prezident sifatida saylanadigan bo‘lsa, bu mamlakatga tashriflar amalga oshirmoqchi emasligini ma'lum qildi. Time xabarida keltirilishicha, uning bu ahdiga diniy e'tiqodi sabab hisoblanadi.

"Agar Donald Tramp saylovlarda g‘olib chiqib, mamlakat prezidentiga aylanadigan bo‘lsa, mening dinim asoslari u rahbarlik qiladigan mamlakatga borishimga yo‘l qo‘ymaydi. U holda esa meni Amerika shaharlari merlari bilan hamkorlik qilib, fikrlar almasha olmayman", deydi Xon.

O‘z navbatida u Nyu-York va Chikago shaharlari merlari bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini aytib, bu shaharlarga AQShdagi prezidentlik saylovlarining oxirgi bosqichi boshlanguniga qadar borish niyati haqida ma'lum qilgan.

2015 yilning dekabrida AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish milliarder Donald Tramp musulmonlarni Qo‘shma shtatlar hududiga kiritmaslikka chaqirgandi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron uning bu chiqishiga munosabat bildirib, uning fikrini "foydasiz, xato va o‘rinsiz" deya atagandi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri esa respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun nomzodning bu chiqishi Qo‘shma shtatlarning islom dini masalasidagi pozitsiyasi uchun sharmandali chiqish bo‘lganini aytib o‘tgan.

Morning Consult markazi tomonidan 2016 yilning martida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 50 foiz amerikalik Trampning musulmonlarni mamlakatga kiritmaslik bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan.

Top