09:15 / 09.05.2016
18045

Poroshenko Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yanada kuchaytiriladi va davom etadi, deb xabar bermoqda UNIAN.

U bu haqda mamlakatda o‘tgan G‘alaba kunining “Tinchlikning birinchi daqiqasi”da aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina diplomatiyasi Rossiyaga nisbatan sohaviy va iqtisodiy sanksiyalarni davom ettirishda va kuchaytirishga qaratilgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar ham shunday qilishmoqda, degan prezident.

Top