16:37 / 10.05.2016
7376

Mushuk va uning “tirik” soyasi ko‘pchilikning boshini qotirdi

Imgur saytida malla mushuk va uning “tirik” soyasi tasvirlangan video internet foydalanuvchilari diqqatini tobora ko‘proq tortmoqda. Shu paytga qadar ushbu videoni 1 million marta tomosha qilishgan. 

Suratda Pit laqabli mushukni ko‘rish mumkin. U eshik oldida quyosh nuridan bahra olib o‘tiradi. Uning yonida esa mukammal soya ko‘rinadi. 

Ma'lum bo‘lishicha, soya rolini Pitning akasi Salli laqabli qora mushuk ijro etgan.

Top