14:56 / 10.05.2016
6702

Olimlar koinotning «matematik moduli»ni namoyish etishdi

AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya olimlari rasman LMFDB (L-functions and Modular Forms Database- L-funksiyasi va modulyar shakllar ma'lumotlar bazasi) loyihasini taqdim qilishdi. U sonlar nazariyasida ko‘plab uchraydigan obektlarni umumiy to‘plamga birlashtirgan. Shunday qilib, EurekAlert matematik koinot haqida xabar qilmoqda. 

Loyiha L-funksiyalar, elliptik egrilik va modulyar shakllarga bag‘ishlangan. Umuman, olimlar sonlar nazariyasidagi 20 mln.dan ortiq obektlarni sinfiylashtirgan. LMFDB loyihasi ma'lumotlar manbasidan tashqari, vizuallash tizimi, tarixiy va umumiy axborotlar, shuningdek, loyihada qo‘llanilgan ochiq dasturiy ta'minotning kodi va samarali qidirish imkoniga ega. 

Yagona ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishda dunyoning 12 mamlakatidan 80dan ortiq matematik ishtirok etgan. Mutaxassislar, kompyuterlarda hisoblash ishlarini olib borish va yangi algoritmlar ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlarini muvofiqlashtirishdi. Aytish joizki, matematiklarning hisob-kitoblarini oddiy kompyuter taxminan ming yilda yakuniga yetkazishi mumkin edi. 

LMFDB loyihasi ustida 2007 yildan beri ish olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda, yuzdan ortiq ilmiy maqola loyihaga tayanmoqda. LMFDB sonlar nazariyasidagi ko‘plab obektlarni sinfiylashtirib, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topishga imkon beradi.

Top