22:43 / 10.05.2016
4361

Saudi Aramco neft qazib olish hajmini 33 foizga oshirmoqchi

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi 2016 yilda neft qazib olish hajmini keskin ravishda oshirmoqchi va o‘zining dunyo bozoridagi ulushini kengaytirmoqchi. Bu haqda kompaniya direktori o‘rinbosari Amin Nosirga asoslangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalar ichida kompaniya Sheyb havzasida neft qazib olish hajmini 33 foizga oshirib, kuniga 1 mln barrel hajmiga yetkazmoqchi. Shu tariqa davom etilib, keyingi 10 yil ichida bu havzada neft qazib olish hajmi 2 barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Saudi Aramco xorijda ham faolligini oshirmoqchi va Indoneziya, AQSh, Hindiston, Vetnam, Xitoy va Janubiy Afrika bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirmoqchi.

Bundan oldinroq hukumat Saudi Aramco aksiyalarining 5 foizi sotuvga qo‘yilishi hamda bu orqali olingan mablag‘larni 2030 yilgacha Saudiya Arabistonida rivojlanish dasturi uchun sarflash rejasi haqida e'lon qilgandi.

Mavzuga oid
Top