18:34 / 10.05.2016
2882

Toshkentda “Faxriylarga ta'zim!” deb nomlangan xayriya konserti o‘tkazildi

“Istiqlol” saroyida “Faxriylarga ta'zim!” deb nomlangan xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan konsertga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylar, nuroniy otaxon va onaxonlar taklif etildi.  

Biz nuroniylarga ko‘rsatilayotgan mehr va g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilib, umrimizga umr qo‘shilmoqda, – deydi Toshkentning Yunusobod tumanidagi Tiklanish mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli Mahamatsiddiq Sodiqov. – Qirq yildan ortiq vaqt mobaynida temir yo‘l tizimida mehnat qildim. Hozir farzandlarim, nevara, evaralarim qurshovida keksalik gashtini surmoqdaman.

San'at ustalari va ijrochi yoshlar ijrosidagi mumtoz kuy-qo‘shiqlar faxriylarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Mavzuga oid
Top