15:58 / 11.05.2016
3062

Yangi Zelandiya bosh vaziri mamlakat parlamenti majlisidan chiqarib yuborildi

Yangi Zelandiya parlamenti spikeri Devid Karter mamlakat bosh vaziri Jon Keydan, munozara olib borish qoidasiga rioya etmagani uchun palata kengashini tark etishni so‘radi. 

Xabarlarga ko‘ra, muxolifat vakillari Keyning Greenpeace tashkiloti ham "Panama hujjatlari"da borligi xususida ta'kididan so‘ng, u bilan tortishib ketishgan. 

Greenpeace vakilining nima uchun uzr so‘rashni istamayotganligi xususida bergan savoliga bosh vazir nima uchun uzr so‘rashi kerakligini keskin ohangda bildirgan. 

So‘z ohangi ko‘tarila boshlaganda esa, palata spikeri Keyning mikrofonini o‘chirib qo‘ygan va tortishuv ishtirokchilarini tartibga rioya etishga chaqirgan. Biroq Key raqibiga nimalardir, deya baqirishda davom etgan. 

Shundan so‘ng, parlament spikeri bosh vazirdan majlislar zalini tark etishni so‘ragan. U, shuningdek, kuni kecha bosh vazir axloq qoidasini buzgani uchun ogohlantirilganini yodga olgan. 

Ta'kidlanishicha, Key lavozimini bajarishni boshlagan 2008 yildan beri ilk marotaba parlament majlisidan chiqarib yuborilgan. Ammo u muxolifat yetakchisi bo‘lgan vaqtlarida palata yig‘ilishidan 3 marta chiqarib yuborilgan edi.

Top