10:00 / 11.05.2016
11261

Avstraliyalik ona va uning egizaklari suratlari internetda mashhurlashdi

Avstraliyaning Pyort shahrida istiqomat qiluvchi ona va uning besh nafar egizak farzandlari fotosessiyada ishtirok etdi. Ularning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan suratlari juda ko‘p foydalanuvchilarning e'tiborini tortdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. 

Kim va Von Tuchchi 2016 yilning yanvar oyida to‘rt qizaloq va bir o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lishgan. 26 yoshli Kim yo‘rgaklangan farzandlari bilan birga suratga tushdi. Tuchchi bolalarining suratlarini avval ham tarmoqqa yuklagan bo‘lishiga qaramasdan, bu ularning birinchi professional fotosessiyasi bo‘ldi. 
Oila suratlarni Surprised by Five umumiy sahifalarida bo‘lishdi. Suratlarni fotograf Erin Elizabet tasvirga olgan. 

Nashr xabariga ko‘ra, bolalarga bir haftada o‘rtacha 350ta taglik kerak bo‘ladi.

Top