16:16 / 11.05.2016
4728

Olimlar: Immunitetni saratonni yengishga o‘rgatish mumkin

Singapur Milliy universiteti olimlari Stefan Gasser boshchiligida immun tizimi qanday qilib saraton hujayralarini aniqlashi va organizm himoya tizimi nima sababdan ko‘p hollarda saraton o‘simtasini yo‘q qilishga qodir emasligini aniqlashdi. Tadqiqot Immunity jurnalida e'lon qilingan. 

Olimlarning aniqlashicha, MUS81 fermenti immun tizimi javobini ta'minlaydi. Endonukleazalarga taalluqli bu oqsil DNK hujayrasining yadro hujayralariga bo‘linishini ta'minlaydi. Saraton hujayralariga DNK fragmentlari alohida nukleotidlarga taqsimlanmaydi, balki tsitoplazmaga o‘tib ketadi. Hujayraning noto‘g‘ri joyida o‘rnashib olgan DNK bo‘lakchalari immun reaksiyasini ishga tushiradi. 

Bo‘laklarga ajralgan DNK interferon ishlab chiqarilishini ta'minlaydi. U o‘z navbatida immun tizimi hujayralari – mikrofaglar va T-hujayralarni faollashtiradi, ular esa saraton hujayralariga hujum qiladi va ularni yo‘q qiladi. Olimlar MUS81 sintezi uchun javobgar genni bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada DNK bo‘linmadi va immunitet reaksiyasini faollashtirmadi. Bu esa organizmning halokatli saraton o‘smalariga qarshi kurashda endonukleazaning muhim rolini isbotlaydi. Agar MUS81 saraton hujayralarida yetarli miqdorda sentezlanishni to‘xtatsa, organizm kasallikka qarshi mustaqil tarzda kurasha olmaydi. 

Izlanuvchi olimlar yana shuni aniqlashdiki, MUS81 turli saraton o‘smalari hujayralarida sintezlanadi. Jumladan prostata saratoni, ko‘krak bezi saratoni, kolorektal saraton, bachadon saratoni, leykemiya va melonoma. Bundan tashqari, ba'zi kimyoteratiya turlari MUS81 shakllanishiga javobgar genlarni faollashtiradi, natijada yanada kuchli immun javobiga sabab bo‘lishi mumkin. Olimlarning aytishicha, immunoterapiya bilan chatishtirgan holda ushbu usullardan foydalanilsa, saraton xastaligini samaraliroq yengishda yordam beradi.

Top