13:45 / 11.05.2016
3853

': Polsha AQSh va Rossiyaning havo va suvda to‘qnashuvlarining oldini olish tarafdori

Polsha hukmat vakillari Amerika hamda Rossiyaning samolyot va kemalarining havo va dengizda to‘qnashuvlari oldini olishda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ahamiyatini kuchaytirish tashabbusini bildirdi. Bu haqda Kommersant' xabar qildi. 

Ma'lum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda AQSh harbiy-havo kuchlari Boltiq dengizining janubiy qismiga razvedkachi samolyotlar parvozi sonini ko‘paytirgan: 9 mayning o‘zida Kaliningrad yaqinida ikki marta qayd etildi.

Moskvada esa bunday harakatlar “rossiyalik harbiylarni javob harakatlarga undashi”ni bildirishdi. 

“Mazkur holatlar bilan bog‘liq xavf darajasi hamisha yuqori. Natijada, hech bo‘lmasa, davlatlararo siyosiy aloqalar keskinlashadi. O‘rinsiz qarama-qarshiliklarni ham yuzaga keltirishi mumkin”, - ma'lum qildi xalqaro tashkilotlar qoshidagi Polshaning Venadagi doimiy vakili Adam Bugayskiy.

Bugayskiy 2011 yilda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti doirasida ishonchni mustahkamlash hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vena hujjati tasdiqlanganini eslatib o‘tdi.

Varshavada tashabbusni rivojlantirish zarurligini bildirishdi. Jumladan, “barcha ishtirokchi-davlatlarlarning tegishli koordinatsion (muvofiqlashtirish) markazlari o‘rtasida ishchi aloqalarni yaxshilash va tezlashtirish”, “Mamlakatlar - YeXHT a'zolari tomonidan xavfli harbiy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilish majburiyatini qabul qilish” hamda u yoki bu epizodlarda vaziyatni o‘rganish uchun “zarurat tug‘ilganda YeXHT maxsus missiyasini tashkil etish” kabi maqsadlar haqida so‘z yuritilmoqda. 

Bugayskiyning aytishicha, Varshava tashabbusini yetti mamlakat, xususan, Boltiq bo‘yi davlatlari qo‘llab-quvvatlagan.

Top