10:51 / 11.05.2016
4763

Tayvan metrosida 2 yil oldin odamlarni qirpichoq qilgan 23 yoshli talaba qatl etildi

2 yil muqaddam Tayvan markazi Taybeydagi metroda odamlarga pichoq bilan hujum qilgan talabaga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etildi. Orol davlat Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, jinoyatchi 11 mayga o‘tar kechasi otib tashlangan.

Bundan oldinroq sud 23 yoshdi Chjen Tszeni 4 kishining o‘limida va 22 kishining jarohatlanishida aybdor deb topgandi.

Fojia 2014 yilning mayida sodir bo‘lgan, o‘shanda metro vagonida o‘tirgan yosh yigit yonidan pichoq chiqargan va atrofdagi odamlarga tig‘ni tartibsiz ravishda suqa boshlagandi. Keyinroq u Taychjun universiteti talabasi ekani aniqlangan. Huquqni muhofaza qilish organlari uning alkogol yoki narkotiklar ta'siri ostida bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Chjyen Tsze o‘z jinoyatini uning anchadan buyon «yirik va hayratga soladigan zarba» berish g‘oyasini o‘ylab yurgani bilan izohladi. Talaba aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z qilmishidan zarracha ham afsusda emasligini bildirdi.

5 mart kuni chiqarilgan o‘lim hukmini u "pinagini buzmagan holda" tingladi. 

22 aprel kuni Tayvan oliy sudi sud hukmidan shikoyatni qabul qilmadi va hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Tayvanda o‘lim hukmiga ruxsat berilgan bo‘lsada, undan juda kam hollarda foydalaniladi. Shu vaqtgacha orolda 42 marta o‘lim hukmi ijro etilgan.

Top