Toshkent davlat texnika universiteti qaytadan tashkil qilinadi

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU)da kelgusi o‘quv yilidan boshlab ikkita yangi fakultet — Muhandislik tizimlari fakulteti va Muhandislik-fizika fakulteti ochiladi. Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidentining 2 maydagi OTM faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan.
Hujjatda TDTU respublikaning muhandislik-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi bazaviy oliy ta'lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo‘yildi.
TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga o‘tkaziladi.
Universitetning davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasi o‘z ichiga Mashinasozlik texnologiyalari fakulteti, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti va Energetika fakultetini ham o‘z ichiga oladi.
Bunga qadar TDTUda yettita fakultet faoliyat yuritar edi: Mexanika-mashinasozlik, Geologiya va konchilik ishi, Aviatsiya, Elektronika va avtomatika, Energetika, Neft va gaz hamda Sanoat tarmoqlarini boshqarish.
OTMdan «Gazeta.uz» nashriga xabar qilinishicha, ayni paytda TDTUda 2008 yilda Toshkent davlat aviatsiya instituti o‘rniga tashkil etilgan Aviatsiya fakulteti talabalarini nima kutayotgani haqida ma'lumot berilganicha yo‘q.
Qaror bilan, shuningdek, Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda uning huzuridagi Ixtisoslashtirilgan konstruktorlik-texnologiya byurosi tugatildi. Ularning attestatsiyadan o‘tgan ilmiy va muhandis xodimlari TDTUning yangi va qayta tashkil etilgan fakultetlari, shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha kafedra va laboratoriyalariga ishga qabul qilinishi mumkin.
Universitet sanoatning asosiy yo‘nalishlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategik dasturlarni samarali amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasini tubdan yuksaltirish, jahonning muhandislik ta'limini rivojlantirish tajribasidan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni tashkil etish va sifatini yaxshilash, shuningdek zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish maqsadlarida qayta tashkil etilayotgani qarorda o‘z ifodasini topdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025