20:28 / 11.05.2016
5890

O‘tgan asrning 70-yillarida yasalgan ko‘za 19-asr ko‘zasi deb qabul qilindi

Antikvarlar amerikalik o‘quvchi qiz tomonidan 1970-yillarda sopolchilik darsida yasalgan ko‘zani 19-asrda yasalgan ko‘za deb yanglish qabul qilib, 30-50 ming dollarga baholashdi, deb yozmoqda Washington Post gazetasi.

Qadimiy buyumlarni sotib oluvchi Alvin Barr AQShdagi arzon-garov savdolar vaqtida saroylardan birida antiqa ko‘zaga ko‘zi tushib qoldi. Binafasha va jigarrang ko‘zada ma'yus holdagi 6 ta yuz tasviri bo‘lgan. Barr ko‘zani 300 dollarga sotib olgan. Keyinroq antikvarlar kolleksionerlarning topilmalarini baholab, keyin auksionga qo‘yiladigan Antiques Roadshow shousida Barr ko‘za "u bilan gaplashganini aytgan".

Ekspert-antikvar Stiven Fletcher "ko‘za qachon ishlanganini aniqlash qiyinligini aytgan", biroq u 19-asr oxiri-20 asr boshida yasalgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. U ko‘zani 30-50 ming dollar va "ehtimol, undan ham qimmatroqqa" baholagan.

"Men hech qachon bunday buyum ko‘rmagandim, men esa bu bilan 20 yildan ko‘proq shug‘ullanaman", deb aytgan Fletcher.

Keyinroq ko‘rsatuvga bir tomoshabindan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. U ko‘za o‘tgan asrning 70-yillarida uning tanishi tomonidan Oregon shtatidagi maktabda sopolchilik darsida yasalganini aytgan. Tomoshabin ayol bu ko‘zani yasagan ayol bilan bog‘langan, u otlar murabbiysi, 60 yoshli Betsi Soul bo‘lib chiqqan. Barr ayoldan unda saqlanib qolingan boshqa buyumlarni ham sotib olishni taklif qilgan.

Keyinroq ko‘rsatuv mualliflari xatoni to‘g‘rilab, ko‘zaning bahosi 3-5 ming dollarga baholanishi aytilgan e'lon joylashtirishgan.

Mavzuga oid
Top