07:28 / 11.05.2016
8137

«Vest Hem» muxlislari «Manchester Yunayted» futbolchilari avtobusiga hujum qilishdi

Londonning "Vest Hem" futbol klubi muxlislari "Manchester Yunayted" futbolchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishdi. Avtobusga shisha idishlar va toshlar uloqtirilgan.

Noxush voqea sababli Angliya chempionatining 37-turi doirasida jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv "MYu" futbolchilari chigilyozdi mashqlarini bajara olishlari uchun birozga surildi. Uchrashuv soat 21:45da boshlanish o‘rniga 22:30 da boshlandi.

"MYu" futbolchilari raqib jamoa maydonida o‘tgan, chempionatning ko‘chirilgan 35-turi uchrashuvida 3:2 hisobida yutqazishdi.

Chempionatning tugashiga bir tur qolganda "MYu" 63 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi, "Vest Hem" esa 62 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallab turibdi.

Top