12:20 / 12.05.2016
7688

2016 yilda «Ishonch telefoni» orqali qilingan 928 ta holat ko‘rib chiqildi

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan «Ishonch telefoni» soliq to‘lovchilar hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutmoqda.

Jumladan, joriy yil 1 may holatiga davlat soliq xizmati organlarining «Ishonch telefoni»ga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 928 ta holatda jami 194135,4 ming so‘m miqdorida nazorat - kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 559 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda 15 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta'minlandi.

Eslatib o‘tamiz, qonuniy huquq va manfaatlaringiz buzilsa, Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefoni»ga murojaat qiling.

Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati.

Top