16:30 / 12.05.2016
2895

Bag‘dodda politsiya mahkamasi oldidagi portlash tufayli 5 kishi halok bo‘ldi

12 may kunining ikkinchi yarmida Iroq poytaxti Bag‘dod shahri g‘arbidagi Abu-Greyb tumanidagi politsiya mahkamasiga xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan hujum tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda Iroq yangiliklar agentligi xabar tarqatgan.

Iroq poytaxtida 11 may kuni 3ta terakt sodir etilgan va jami qurbonlar soni 94 nafar kishini tashkil etib, 150dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Bugungi terakt tufayli halok bo‘lganlarning 2 nafari mahbuslar bo‘lgan, shuningdek jarohatlanganlarning 6 nafari tinch aholi vakillari edi.

Assosheyted Press agentligi xabariga ko‘ra, terakt ikki nafar jangari tomonidan ijro etilgan. Ulardan biri binoga kirish qismida, ikkinchisi ichkarida portlatgan.

Top