«Chelsi» jamoasi kutilmaganda muddatidan avval Adidas kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatishi haqida ma'lum qildi. Jamoaning rasmiy saytida xabar qilinishicha, kompaniya bilan hamkorlik 2016-17 yilgi mavsum oxirida ikki tomonlama kelishuv asosida to‘xtatiladi.

«Biz 2006 yilda o‘zaro hamkorlikni boshlagandik, o‘tgan vaqt davomida qo‘llab-quvvatlab kelgani uchun Adidas kompaniyasiga minnatdorchilik izhor etamiz. O‘tgan 10 yil ichida jamoa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, APLning 2 mavsumdagi chempionligi, Angliya Kubogidagi 4ta sovrin va Angliya Ligasi Kubogidagi 2 marta g‘oliblikka erishdi. Umid qilamizki, keyingi yildagi hamkorlik ham manfaatli kechadi», — deyilgan xabarda.

Qayd etish kerakki tomonlar 2013 yilda 2023 yilgacha hamkorlik qilish borasida shartnoma tuzishgandi.

Xabarlarga ko‘ra, jamoaning yangi hamkori Nike kompaniyasi bo‘ladi.