17:59 / 12.05.2016
9125

Elementar matematik misol internet foydalanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ydi

Maktablarning boshlang‘ich sinflariga mo‘ljallangan elementar matematik misol ko‘plab internet foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ydi. Misol sharti va yechimi Britaniyaning The Independent nashrida chop etildi.

Maqolada ta'kidlanishicha, keltirilgan misolni yechimini topish uchun maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Buning uchun faqat bo‘lish, ayirish va qo‘shishni bilish kerak. 

Shunga qaramay The Independent bu misolning yechimini Yaponiyadagi katta yoshli kishilarning atigi 60 foizigina topishga muvaffaq bo‘lganini bildirdi.

Misol sharti:
9-3:1/3+1=?

Ko‘rsatilgan yozishmada "1/3" kasr son hisoblanadi, "1" - surat , "3" - maxraj.

Bu misolni yechishga harakat qilganlarning asosiy muammosi harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri belgilashdan iborat.

Dastlab bo‘lishni amalga oshirish kerak. 3ga 1/3ni bo‘lish 9 natijasini beradi.

Shu tariqa, misol oddiy matematik amallarga borib taqaladi (9-9+1). Javobda bir chiqishi kerak.

Top