21:33 / 12.05.2016
4697

"Everton" klubi bosh murabbiy Martinesni iste'foga jo‘natdi

Angliyaning "Everton" futbol klubi rahbariyati klubning bosh murabbiyi Roberto Martinesni o‘z lavozimidan bo‘shatdi.

Yaqin orada klub 42 yoshli ispaniyalik mutaxassisning iste'fosini rasman ma'lum qiladi.

Martines "Everton"ni 2013 yil iyundan boshlab boshqarishni boshlagan hamda klub tarixida Buyuk Britaniya yoki Irlandiyadan bo‘lmagan birinchi murabbiy bo‘lgan. Jamoa ispaniyalik mutaxassisning uch yillik boshqaruvi ostida birorta unvon qo‘lga kiritmagan hamda Angliya chempionatining yakunlanishiga bir tur qolganda 12-o‘rinni egallamoqda.

Mavzuga oid
Top