14:25 / 12.05.2016
4192

MH17 reysi halokati tufayli uch farzandidan ayrilgan avstraliyalik juftlik farzandli bo‘ldi

2014 yili Ukrainada Malayziyaning Boeing samolyoti halokati tufayli uch farzandidan ayrilgan juftlik yana ota-onalik baxtiga erishdi. Bu haqda Mashable xabar qildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, ularning oilasida qiz farzand tug‘ilgan. Unga Vayolet Mey Mazlin ismi berilgan. 

“Shanba kuni 14 yoshga to‘lishi mumkin bo‘lgan Mo, keyingi haftada 12 yoshga kiradigan Evi, kelgusi oyda 10 yoshni qarshilashi mumkin bo‘lgan Otis hamda Nik bobomiz bizga ajoyib sovg‘a yo‘llashdi. Vayoletning dunyoga kelishi bizning muhabbat nafratdan ustunligini to‘g‘risidagi e'tiqodimizni isbotlaydi”, - bildirdi juftlik. 

Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpur tomon parvoz etayotganda 2014 yilning 17 iyul kuni Donetsk viloyatining sharqida urib tushirilgan. Samolyot bortida 283 yo‘lovchi hamda ekipajning 15 nafar a'zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning barchasi nobud bo‘lgan.

Top